Ko'ngillilar EZGU AMALning yuragi
Jamg‘arma mamlakatda ko‘ngillilar hamjamiyatining kengayishini faol qo‘llab-quvvatlaydi, ularni tayyorlash va rivojlantirish uchun zarur resurslar va ko‘mak beradi.
2024-yilning birinchi yarmida “Yaxshilik kuchi” kursining beshta sessiyasi o‘tkazildi, ular davomida 60 nafar kishi tibbiyot muassasalarida ko‘ngillilik faoliyati sohasida muhim ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘ldi.
Treninglar quyidagi asosiy jihatlarni qamrab oldi:
- Ko’ngillining roli va ko’nikmalarini tushunish.
- Ko’ngillilarni turli tibbiyot muassasalarida ko’ngillilik faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish.
- Bemor va uning qarindoshlarini hissiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha trening.
- Ko’ngillilarni hospis va shifoxonalarda ishlash bilan bog’liq axloqiy tamoyillarga o’rgatish.
- O’z-o’zini parvarish qilish va stressni kamaytirish bo’yicha trening.
- Hospislar va shifoxonalarga muntazam yordam beradigan ko’ngillilar jamoasini yaratish.
Ushbu mashg’ulotlar nafaqat bizning ko’ngillilarimizning bilim bazasini kengaytirishga yordam beradi, balki sog’liqni saqlash muassasalarimiz uchun mavjud bo’lgan yordam tarmog’ini ham mustahkamlaydi.